Oʻzbekistonda mobil aloqadan aholining qancha qismi foydalanadi?

14:53 04 Fevral 2024 Jamiyat
675 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda mobil aloqa bilan taʼminlangan abonentlar soni qariyb 34,2 mln. nafarni tashkil etgan.

Shundan, 28,8 mln. nafari aholida qayd etilgan.

Aholining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 79 birlikni tashkil etdi.

Yillar kesimida har 100 doimiy aholiga toʻgʻri keladigan abonentlar soni (1-yanvar holatiga):

— 2020-yil – 69 ta;

— 2021-yil – 71 ta;

— 2022-yil – 73 ta;

— 2023-yil – 76 ta;

— 2024-yil – 79 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер