Oʻzbekistonda masofaviy bank xizmatidan foydalanuvchilar soni 20 milliondan oshdi
Oʻzbekistonda masofaviy bank xizmatidan foydalanuvchilar soni oʻsishda davom etmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 1-dekabr holatiga masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 20 million kishidan oshdi. Oʻrnatilgan bankomatlar va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shoxobchalari soni 12 814 tani tashkil etib, 2020-yil 1-dekabr holatiga nisbatan 1193 taga yoki 10 foizga oshgan.
Bundan tashqari, muomalada 26,5 million donadan ortiq bank kartalari mavjud boʻlib, bu 2020-yilga nisbatan 500 mingtaga koʻpdir.
Taʼkidlanishicha, koronavirus pandemiyasi masofaviy bank tizimiga oʻtishni sezilarli darajada tezlashtirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring