Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 669 nafarga yetdi
arxiv foto
Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekistonda yana 28 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qoʻyilgani haqida xabar berdi.
“2020-yil 10-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 669 nafarni tashkil qilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Oʻzbekistonda dastlabki bemor 15-mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada koʻpaya boshladi.
Shu vaqtgacha bemorlarning 42 nafari sogʻaygan, 3 kishi vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring