Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Xursanoy Umarova 86 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Xursanoy Umarova 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Fargʻona viloyat teatri hamda Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida yarim asrdan ziyod faoliyat yuritgan Xursanoy Umarova yetuk va taniqli sahna ustalaridan biri edi. U 100 dan ortiq turli janrdagi bosh va asosiy qahramon rollarni oʻynab, keng tomoshabinlar hurmati va tahsiniga sazovor boʻlgan.
Umarova, shuningdek, xush ovoz xonanda sifatida konsert dasturlarida ham faol qatnashib, 50 dan ortiq zamonaviy xalq, mumtoz qoʻshiq, ariya va duetlarini ijro etib, musiqa va qoʻshiq shinavandalarini sevimli sanʼatkorlaridan biriga aylangandi. Hozirgi kunda 30 dan ortiq ariya va qoʻshiqlari Oʻzbekiston teleradiokompaniya oltin fondida saqlanib kelmoqda.
“U teatr sohasini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar hamda samimiy inson sifatida qalbimizda mangu yashaydi”, deyiladi Madaniyat vazirligi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring