Oʻzbekistonda ilk bor davlat aholidan elektr energiyasini sotib oldi
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Rasulov Rahimjon xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasini oʻrnatgan. Oʻz ehtiyojlaridan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshlagan.
Stansiya yiliga 7 000 dan 10 000 kVt.soatgacha elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
3-noyabr kuni xonadon egasi va Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi oʻrtasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida” shartnoma imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring