Oʻzbekistonda hafta davomida harorat 30 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 24-27-mart kunlari kuzatilishi kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun kunduzi va ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Faqat 26-martda va 27-martga oʻtar kechasi Buxoro, Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Havo harorati asosan kechalari 10-15 daraja iliq, kunduz kunlari 23-28 daraja iliq, respublika shimolida va choʻl hududlarida ayrim kunlarda 30-32 daraja iliqqacha boʻladi. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 24-26-martda 23-26 daraja iliq, 27-martda 27-29 daraja iliq boʻladi. Harorat asosan kechalari 10-15 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring