Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan “avtomoyka”lar soni ochiqlandi

14:17 24 Fevral 2026 Iqtisodiyot
338 0

2026-yilning 1-fevral holatiga Oʻzbekistonda avtomobillarni yuvish, sayqallash va shu kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar soni 3 122 tani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Maʼlumot uchun, quyida keltirilgan koʻrsatkichlar faqatgina yuridik shaxs tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini qamrab olgan. Ularning hududlar kesimidagi soni taqsimoti quyidagicha ko'rinish olgan:

  • Xorazm viloyati — 399 ta;
  • Toshkent shahri — 366 ta;
  • Fargʻona viloyati — 310 ta;
  • Toshkent viloyati — 299 ta;
  • Samarqand viloyati — 276 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 258 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 206 ta;
  • Buxoro viloyati — 193 ta;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 170 ta;
  • Namangan viloyati — 162 ta;
  • Jizzax viloyati — 156 ta;
  • Navoiy viloyati — 125 ta;
  • Andijon viloyati — 121 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 81 ta.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 504 taga yoki 19,3 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер