Oʻzbekistonda elektromobillar importi sezilarli darajada oshdi
Foto: Illustrativ foto
2022-yil boshidan buyon Oʻzbekistonga 3,1 million dollarlik 122 ta elektromobil olib kirildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, import 2021-yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga koʻpaygan, oldingi yil mamlakatimizga 52 ta elektromobil olib kelingan.
Importning asosiy qismi Xitoydan – 119 ta avtomobil, 2 tasi Estoniyadan va 1 tasi Germaniyadan keltirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring