Oʻzbekistonda dizel yoqilgʻisining narxi tushdi

19:22 02 Aprel 2020 Jamiyat
1596 0

Oʻzbekistonda 3-aprel kunidan dizel yoqilgʻisi narxi 300 soʻmga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi.

Avvalroq, 1-martdan boshlab dizel narxi 200 soʻmga pasaygan edi.

“Oʻzbekneftgaz” oʻz xabarida dizel yoqilgʻisining narxi xorijiy kompaniyalar sotayotgan dizel yoqilgʻisi narxidan 11,5% arzonligini taʼkidlagan.

Qoʻshimcha qilinishicha, narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borish davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, 1-apreldan benzin, dizel yoqilgʻisi, suyultirilgan va siqilgan gazga aksiz soliq stavkalari oshirilmaydigan boʻldi.

Oʻtgan hafta “Oʻzbekneftgaz” AI-92 markali benzin narxini 6200 soʻmdan 6000 soʻmga pasaytirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер