Oʻzbekistonda “CubeSat” ilmiy-taʼlim sunʼiy yoʻldoshi ishlab chiqariladi va uchiriladi

18:11 12 May 2023 Siyosat
903 0

Bu haqda AOKAda “Oʻzbekkosmos” agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Joriy yilning 26-27-aprel kunlari Toshkentda 30 dan ortiq davlatdan 250 dan ortiq kosmik korporatsiya, agentlik va qoʻmita vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

“Oʻzbekkomos” tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro konferensiya doirasida Turkiya, AQSH, Qozogʻiston va BAA bilan bir qator qoʻshma loyihalar boʻyicha kelishuvga erishildi. Ularning aksariyati soha uchun yangi kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

Konferensiya doirasidagi Turkiy Davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo va kuzatuvchi davlatlar kosmik agentliklari va tegishli idoralari rahbarlarining 2-yigʻilishida yoshlar uchun Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan “Space Camp Turkiye” oromgohida taʼlim dasturini tashkil qilishga kelishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер