Oʻzbekistonda ananas importi 66 tonnaga oshgan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonga 653 tonna ananas import qilingan.
Ananas importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 66 tonnaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp ananas import qilgan davlatlar:
— Kosta-Rika – 251 tonna;
— Qozogʻiston – 141 tonna;
— Xitoy – 120 tonna;
— Ekvador – 84 tonna;
— Turkiya – 26 tonna;
— Niderlandiya – 20 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring