Oʻzbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari idoralararo ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi

15:04 20 Noyabr 2023 Siyosat
189 0

Sohaning davlatlararo hamkorligini rivojlanib borishi islohotlarning yangi bosqichini belgilaydi. Ayni maqsadda Oʻzbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari oʻrtasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi Toshkent shahrida oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 19-21-noyabr kunlari Turkiya davlati Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Mexmet Aktash janoblari boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga ishchi tashrifi amalga oshirilmoqda.

Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida oʻzbek-turk idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, transport xavfsizligi, terrorizm va ekstremizm hamda transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, oʻzaro tajriba almashish hamda kadrlar malakasini oshirish kabi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Doʻstona va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar kelgusidagi istiqbolli loyihalar boʻyicha hamkorlik dasturlarini imzolashdi.

Oʻzbekistonga tashrif jarayonida Turkiya delegatsiyasini mamlakatimiz Ichki ishlar vazirligining Situatsion-tahliliy markazi faoliyati, turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash kabi sohaga oid vazifalar va amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishuvi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер