Oʻzbekiston va Oʻmon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

21:36 16 Mart 2026 Siyosat
361 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Oʻmon tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

— Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali mazmunli suhbat boʻlib oʻtdi, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. — Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasidagi munosabatlarni savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirish yoʻllarini muhokama qildik.

Boʻlajak tadbirlar kun tartibini koʻrib chiqdik hamda mavjud salohiyatni roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratdik.

Muzokaralar davomida mintaqaviy va xalqaro masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat boʻyicha ham fikr almashdik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер