Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida Qoʻshma harakatlar rejasi imzolanadi

13:57 14 Fevral 2023 Siyosat
475 0

13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov va Misr Arab Respublikasi Turizm va qadimiy ashyolar vaziri oʻrinbosari Gada Sameer Shalabi oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda turizmning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shu oʻrinda ikki mamlakat turizm sohasi ishbilarmonlari oʻrtasida muzokaralar tashkil etish, xalqaro turistik koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishga koʻmaklashish, gid-tarjimonlar va ekskursiya yetakchilari uchun malaka oshirish kurslarini joriy qilish, ikki davlat yetakchi ommaviy axborot vositalari orqali Oʻzbekiston va Misr turizm salohiyati targʻibotini kuchaytirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar sonini oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida aniq maqsad va vazifalarni qamrab oluvchi 2023–2025-yillarga moʻljallangan Qoʻshma harakatlar rejasini imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер