Oʻzbekiston va Belarus avtomobil transportida litsenziyalash tizimini bekor qilmoqchi
Foto: Freepik
Oʻzbekiston va Belarus yuklarni avtomobilda xalqaro tashishni litsenziyalash tizimini oʻzaro bekor qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Belarus transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatlar Belarus yuk tashuvchilari uchun 6000 ta “ikki tomonlama va tranzit” hamda 4000 ta “uchinchi davlatlarga kirish/chiqish” miqdorida qoʻshimcha Oʻzbekiston ruxsatnomalarini ajratish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Ruxsatnoma — bu transport vositasini xorijiy davlat hududidan oʻtkazish huquqini beruvchi hujjat. Ruxsat bitta, koʻp, maxsus va koʻp tomonlama boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring