Oʻzbekiston — Turkiya taʼlim forumida ishtirok etish uchun Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga yetib keldi
Ikkinchi Oʻzbekiston — Turkiya taʼlim forumida ishtirok etish uchun Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga yetib keldi.
Delegatsiya tarkibida Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektor Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va yana 40 dan ortiq Turkiyaning universitetlari vakillari bor.
Samarqand aeroportida mehmonlarni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov va boshqa masʼullar kutib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring