Oʻzbekiston TIV Ozarbayjon hududiga qilingan hujum yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi

16:08 05 Mart 2026 Siyosat
264 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

“Ozarbayjonlik hamkasbim Naxchivan Avtonom Respublikasiga nisbatan uchuvchisiz uchish apparatlari orqali amalga oshirilgan hujum bilan bogʻliq holat yuzasidan batafsil maʼlumot berdi. Mazkur hujum oqibatida tinch aholi jabr koʻrgani va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazilgani qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

Muloqot davomida, Oʻzbekistonning mazkur hujumlar yuzasidan jiddiy xavotiri bildirilib, xalqaro huquq prinsiplariga zid boʻlgan, boshqa davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadigan bunday harakatlar mutlaqo qabul qilib boʻlmasligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер