“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Afgʻonistonga yuklarni tashish toʻxtatilganligi yuzasidan izoh berdi

11:37 05 Fevral 2023 Jamiyat
1325 0

Avval xabar berganimizdek, soʻnggi kunlarda 2022-yil dekabr oyida Afgʻonistonning maxsus komissiyasi bilan koʻrib chiqilib, kelishilgan “Sogdiana trans” SHK va Afgʻoniston temir yoʻllari oʻrtasidagi yangi shartnoma shartlarini Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi rahbari tomonidan yangidan sharhlanishi va bunda ommaviy axborot vositalarida oʻzbek tomonini ayblashga harakat qilayotganayotgani hamda kelishilgan xizmat qiymatlarini boshqacha talqin qilib oʻzini oqlash uchun foydalanayotgani tushunarsiz vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

Takidlash joizki, Afgʻoniston tomonidan Xayraton stansiyasida amalga oshirishi lozim boʻlgan texnik ishlarini, oʻzlari tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshira olmagani toʻgʻrisida hech qanday tushuntirish berilmayapti.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Axborot-tahlily media markazi xabariga koʻra, Xayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni boʻshatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi “Mansor Fateh” kompaniyasini bilan shartnoma imzolagani toʻgʻrisida maʼlumot tarqatilgan edi.

Afsuski, ushbu tashkilot 31-yanvarga qadar Xayraton stansiyasida kelishilgan muddatda ishlarni tashkillishtirishga ulgurmagan.

Bundan tashqari “Sogdiana trans” SHK tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularni qoʻllab quvvatlash maqsadida vaqtinchalik avtomobil transporti orqali yuklar tashuvini tashkillashtirishda yordam berishiga qaramay, qoʻshni davlat tomoni tadbirkorlarga yuklarni avtomobil transporti orqali tashimaslik toʻgʻrisida tavsiya berayotgani xaqida maʼlumotlar kelmoqda.

Shu bilan birga, Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi rahbariyatining iltimosiga koʻra keyingi hafta boshida Termiz shahrida Afgʻonistonga temir yoʻl orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Xayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish boʻyicha “Sogdiana trans” SHK va Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi oʻrtasida yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Shartnoma imzolangan kundan boshlab Gʻalaba – Xayraton temir yoʻli ochilishi haqidagi yangiliklarni maʼlum qilamiz.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер