Oʻzbekiston shu yilning yanvar — fevral oylarida xorijdan 14 ta samolyot import qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 719,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 14 ta samolyot import qilgan.
2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston samolyot import qilgan davlatlar:
— Germaniya – 6 ta (421,7 mln)
— Litva – 4 ta (66,7 mln)
— Shveysariya – 1 ta (86,5 mln)
— Fransiya – 1 ta (64,3 mln)
— Singapur – 1 ta (61,6 mln)
— Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSH dollari)
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta samolyot import qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring