Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmati boʻlgan shaxslarga pensiyani BHMni 100 foizidan 150 foizigacha ustama haq toʻlash tartibi koʻrib chiqilmoqda
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi Farrux Pardayev pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga oid Qonun mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning pensiya tayinlanganidan keyin kamida 1 yillik ish staji mavjud boʻlgan taqdirda ish staji va ish haqlarini inobatga olgan holda har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi.
Shuningdek, kelgusida nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin mehnat faoliyatini olib borgan 43 mingdan ziyod nogironligi boʻlgan shaxslarning pensiyalari har 2 yilda (ish staji va oylik ish haqidan kelib chiqib) bir marotaba qayta hisoblab boriladi.
Qonunda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yiliga qoʻshimcha ravishda oʻrtacha 275 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring