Oʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Fayzullayev vafot etdi

13:34 25 Fevral 2022 Jamiyat
882 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi Ibrohim Fayzullayev 89 yoshida vafot etdi. Bu haqida Denov tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Uzoq yillar Denov tumanida S. Rahimov nomidagi jamoa xoʻjaligini boshqargan I.Fayzullayev 1933-yilning 25-avgustida Qayirma qishlogʻida tugʻilgan.

I.Fayzullayevning davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari munosib taqdirlangan. U 1993-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi”, 1996-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvonlari bilan mukofotlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер