Oʻzbekiston Prezidentining Misrga tashrifi yakunlandi

20:49 21 Fevral 2023 Siyosat
1035 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misrga ikki kunlik rasmiy tashrifi samarali boʻldi.

Tashrifning ikkinchi kunida Prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Ularning yakunida davlat rahbarlari Qoʻshma bayonot qabul qildilar, ikki mamlakat vazirlik va idoralari oʻrtasida hujjatlar imzolandi.

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Qohira aeroportida oliy martabali mehmonni Misr savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер