Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Turkmaniston bilan durang oʻynadi
Kecha, 11-aprel kuni Oʻzbekiston milliy futbol markazi mezbonligi ostida oʻtayotgan 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi KAFA kubogi musobaqasining 3-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Turkmaniston oʻsmirlari bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻzbekiston oʻsmirlarining gollariga Doniyor Oʻktamov, Yaxyobek Nasrulloyev va Sanjarbek Aminov mualliflik qildi.
Mazkur natijadan soʻng, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi umumiy hisobda 7 ochko jamgʻargan holda musobaqaning ikkinchi oʻrniga tushib qoldi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi musobaqadagi soʻnggi oʻyinini 13-aprel kuni oʻtkazadi. Ushbu bahsda Ayder Kurbayev boshqaruvidagi jamoaga Tojikiston U-16 terma jamoasi raqiblik qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring