Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
Joriy yilning 31-mart kuni Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida universitet olimlarini qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda ilmiy ekspertizadan oʻtkazishga jalb etish, qonunchilik tashabbuslarini ilmiy asoslash, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish, dolzarb masalalar yuzasidan qoʻshma tadbirlar oʻtkazish, parlament eshituvlari va komissiya majlislarida ekspertlar ishtirokini taʼminlash rejalashtirilgan.
Taʼkidlanganidek, mazkur hamkorlik qonun ijodkorligini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi doimiy hamkorlik platformasiga aylanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring