Oʻzbekiston kubogi-2018 finali boshlanish muddati maʼlum boʻldi

17:01 23 Oktyabr 2018 Sport
1572 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogining hal qiluvchi final oʻyini 28 oktyabr kuni Fargʻona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida boʻlib oʻtadi. Bu haqda OʻFA rasmiy sayti xabar berdi.

Manba maʼlumotlarida qayd etilishicha, final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 15:00da start oladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Kubogi finaliga AGMK hamda “Paxtakor“ jamoalari yoʻllanma olishgan.

Taʼkidlash joiz, AGMK jamoasi oʻz tarixida ilk marta Oʻzbekiston kubogi finalida maydonga tushsa, “Paxtakor” 14 marta final oʻyinida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер