Oʻzbekiston xurmo importini 478 tonnaga oshirdi

03:48 19 Aprel 2022 Jamiyat
489 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlum qilishicha, 2022-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekistonga qiymati 807,6 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 1,3 ming tonna xurmo import qilingan.

Shuningdek, xurmo importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 478 tonnaga oshgan.

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-fevral oylarida eng koʻp xurmo import qilgan davlatlar roʻyxati quyidagicha:

— Eron – 1,2 ming tonna;

— Turkiya – 40 tonna;

— Falastin – 35 tonna;

— Isroil – 23 tonna;

— BAA – 22 tonna;

— Saudiya Arabistoni – 20,5 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер