Oʻzbekiston ilk bora Xalqaro taqqoslashlar dasturida rasman ishtirok etmoqda

10:09 05 Yanvar 2024 Jamiyat
380 0

2021 va 2023-yillar davomida hisob-kitoblar uchun zarur boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari shakllantirildi va dasturning mintaqaviy koordinatoriga taqdim etildi.

Xalqaro taqqoslashlar dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika sohasi boʻyicha eng keng qamrovli va muhim global dasturi hisoblanadi.

Xalqaro taqqoslash dasturi – dunyoning deyarli barcha davlatlari statistika idoralari ishtirok etadigan xalqaro statistik dastur boʻlib, uning doirasida valyutalar xarid qobiliyati pariteti, yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarini xalqaro darajada va mamlakatlararo taqqoslash ishlari amalga oshiriladi.

Dastur global miqyosda har 3-yilda bir marotaba amalga oshiriladi. Shu bilan birga, dasturning 2021-yilgi global bosqichi natijalari 2024-yilda eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joizki, dastur natijalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika kengashi tomonidan eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер