Oʻzbekiston hududining seysmik xaritasi ishlab chiqilmoqda

15:46 29 Mart 2021 Jamiyat
1281 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Mohira Jumanova maʼlum qildi.

“Seysmogen zonalarning seysmologik va seysmotektonik potensialini baholash metodikasini takomillashtirish asosida Markaziy Oʻzbekiston hududining mukammal seysmik rayonlashtirish xaritasi ishlab chiqilmoqda”, dedi u.

Inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash boʻyicha Jamgʻarma tashkil etildi, ilmiy tadqiqotlarga 150 mln soʻmgacha grantlar ajratiladi

Prezident qarori (https://lex.uz/docs/4921695) bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma mart oyi boshida ilmiy tadqiqotlarga 150 mln soʻmgacha grantlar ajratish boʻyicha tanlov eʼlon qildi.

Tanlov shartlaridan oʻtgan loyihalar bir yil mobaynida, yaʼni, 2021-yil may oyidan 2022-yil may oyiga qadar Jamgʻarma hisobidan moliyalashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер