Oʻzbekiston, Hindiston, Pokiston va Tojikiston...

15:20 07 Noyabr 2018 Sport
1583 0
Illyustrativ foto

Futbol boʻyicha 2020 yil olimpiya terma jamoalari oʻrtasida Tailandda oʻtkaziladigan Osiyo chempionati saralash bahslariga qurʼa tashlandi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston, Tojikiston va Pokiston terma jamoalari bilan birga “F” guruhidan joy oldi. Mazkur guruh jamoalari oʻrtasidagi saralash bahslari kelasi yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda oʻtkaziladi.

Musobaqa reglamentiga koʻra, saralash bahslari Sharq va Gʻarb mintaqasiga boʻlingan holda oʻtkaziladi. Har ikki mintaqadagi guruhlarda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jami 11 ta terma jamoalar Osiyo chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta ikkinchi oʻrin sohiblari ham musobaqa ishtirokchilari safidan joy oladi. Tailand esa musobaqa mezboni sifatida Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Osiyo chempionatida 1-3 oʻrinni qoʻlga kiritgan terma jamoalar 2020 yil Tokioda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер