Oʻzbekiston — Gretsiya hamkorligiga 30 yil toʻldi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati
Bugun, 16-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Gretsiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias ikki mamlakat oʼrtasida diplomatik munosabatlar oʼrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oʼzaro tabrik almashdilar.
Abdulaziz Kamilov maktubida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, madaniyat, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish uchun yetarli salohiyatga ega ekani qayd etilgan.
Oʼzaro ishonchga asoslangan Oʼzbekiston – Gretsiya sherikligi ikki mamlakat xalqlari farovonligi yoʼlida barcha sohalarda yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.
Oʼz navbatida Nikos Dendias soʼnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar teng huquqlilik va oʼzaro hurmat tamoyillari asosida izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.
Gretsiya Oʼzbekiston bilan xalqaro tuzilmalar doirasida, shuningdek, Yevropa Ittifoqi yoʼnalishida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanlifi maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring