Oʻzbekiston farmatsevtikasi sanoatidagi barcha meʼyoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston farmatsevtika sohasida amaldagi barcha meʼyoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash markazi” davlat muassasasi direktori Aʼzam Nartayev shu kunlarda Samarqandda boʻlib oʻtayotgan IV Yevroosiyo farmatsevtika sammitida aytib oʻtdi.
Nartayevning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonda yil boshidan buyon oʻtkazilgan stress-testlar amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning zaifligini koʻrsatgan.
“Biz mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlaymiz va investorlarning Oʻzbekistonga kirib kelishi uchun qulay shart-sharoit yaratmoqchimiz. Shu bois bemorlarimizni sifatli dori vositalari bilan taʼminlash uchun biznes bilan munosabatlarda yondashuvlarni qayta koʻrib chiqmoqchimiz”, — dedi Aʼzam Nartayev.
Aʼzam Nartayevning taʼkidlashicha, meʼyoriy hujjatlarni oʻzgartirish jarayonida tashkilot imkon qadar ochiq boʻladi va biznes vakillarini soha uchun shaffof qoidalar yaratish uchun konstruktiv muloqotga chaqiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring