Oʻzbekiston elchixonasida Janubiy Koreyaning Pyontek shahri meri bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Foto: “Dunyo” axborot agentligi
Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasida Pyontek shahri meri Jong Jang Son boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida Pyontek shahrining “Saemaul” uyushmasi tomonidan Oʻzbekistondagi etnik koreys diasporasiga “Xanbok” milliy liboslari hamda simsiz eshitish vositalarini hadya qilish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur koʻmak Oʻzbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasi, Oʻzbekiston va Koreya madaniyat va sanʼat uyi, koreys tili va madaniyati oʻqitilayotgan oliy taʼlim muassasalari hamda koreys millatiga mansub vatandoshlarimiz orasida begʻaraz tarqatiladi.
Shu bilan bir qatorda, Jong Jang Son Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 12 ta umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida umumiy qiymati 75 ming dollarga teng boʻlgan kompyuter va printerlar joriy yil yakuniga qadar oʻzbek tomoniga taqdim qilinishini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring