Oʻzbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada Markaziy Osiyo davlatlarining istiqbolli isteʼdodlarini tayyorlash boʻyicha mintaqaviy forumda ishtirok etdi

13:30 02 Iyun 2023 Siyosat
820 0

Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasi xodimlari Janubiy Koreyaning Chxunchxonnam-do provinsiyasida Markaziy Osiyo davlatlarining istiqbolli isteʼdodlarini tayyorlash boʻyicha mintaqaviy forum ishida ishtirok etdi.

Forumdan koʻzlangan asosiy maqsad akademik rivojlanishni taʼminlash, sifatli oliy taʼlim olish, zarur malakaga ega boʻlish, xorijlik talabalarni kompaniyalarda maʼlum bir kasb boʻyicha ish topishi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan iqtidorli talabalarni koʻproq jalb etishdan iborat.

Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlarining elchilari, Sunmun universiteti, Chungnam davlat universiteti va Yonam kolleji rahbarlari, shuningdek, Chxunchxonnam-do provinsiyasi vitse-gubernatori, Bandlik va mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Koreya Kichik va oʻrta biznes hamda startaplarni qoʻllab-quvvatlash agentligi, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati va Chongnam Tadbirkorlar kengashi mintaqaviy vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir Sunmun universiteti va Chxunchxonnam-do provinsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazildi.

Forum yakunida Markaziy Osiyo davlatlaridan talabalarni Chxunchxonnam-dodagi oliy taʼlim muassasalariga, jumladan, Sunmun universitetiga jalb etish, shuningdek, bitiruvchilarga Koreya Respublikasi kompaniyalarida oʻz mutaxassisligi boʻyicha munosib ish topishga koʻmaklashish boʻyicha tomonlarning oʻzaro hamkorligini koʻzda tutuvchi koʻp tomonlama hujjatni imzolash marosimi tashkil etildi.

Hozirgi kunda Sunmun universitetida Fargʻona Oʻzbekiston-Koreya xalqaro universitetining 114 nafar talabasi "3+1 dasturi” boʻyicha tahsil olmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер