Oʻzbekiston bayroqdori Olimpiya medalini naqd qildi
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.
-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov turnirdagi ikkinchi jangini ispaniyalik Xose Kuiles Brotonsga qarshi oʻtkazdi.
Oʻzbekistonlik bokschi birinchi raundda toʻliq ustunlik qildi: 5:0. Ikkinchi raundda ham Abdumalik Halokov xotirjamlikni saqlab oʻz ustunligini namoyish qildi.
Soʻnggi raundda ham sportchi oʻz imkoniyatlarini koʻrsatdi va hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozondi. Shu tariqa oʻzbekistonlik bokschi yarim finalga yoʻl oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring