O‘zbekiston Amerika Davlatlari Tashkilotida doimiy kuzatuvchisiga aylandi
Amerika Davlatlari Tashkiloti (ADT) Doimiy kengashi bir ovozdan O‘zbekistonga doimiy kuzatuvchi maqomini berdi.
O‘zbekiston mazkur tashkilotda kuzatuvchi maqomini olgan 73-mamlakat sifatida qayd etildi.
ADT Doimiy kengashi raisi Joshua Fiajo O‘zbekistonning Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari bilan, birinchi navbatda, savdo va investisiyalar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Tashkilot platformasidan foydalanish istagini qo‘llab-quvvatladi.
Shuningdek, Fiajo O‘zbekistonni 9–11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ADT Bosh Assambleyasining navbatdagi 51-sessiyasida ishtirok etishga taklif qildi.
Amerika davlatlari tashkiloti – 1948 yilda Panamerika ittifoqi negizida tuzilgan xalqaro tashkilot. Tashkilotga Shimoliy va Janubiy Amerikaning 34 ta shtatlari kiradi.
ADTning maqsadi, qitʼada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, aʼzo davlatlar o‘rtasida ro‘y beradigan ixtiloflarni bartaraf etish, chetdan tajovuz qilingan taqdirda unga qarshi birgalikda harakat qilish, AQSH, Kanada va Lotin Amerikasidagi jami 33 aʼzo mamlakatga taalluqli siyosiy, huquqiy, iqtisodiy muammolarni hal etishga yordam berish, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik qilishdan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring