Oʻzbekiston Afgʻonistonga qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Bugun, 10-oktabr kuni Oʻzbekiston zilziladan jabr chekkan qoʻshni Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Insonparvarlik yordami Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligida yetkazildi.
Yuborilgan yordam yuki tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari: un, bugʻdoy, yogʻ, makaron, goʻsht mahsulotlari, guruch, shakar; chodir va odeyallar, shuningdek birlamchi tibbiy yordam uchun zaruriy barcha vositalar bor.
Yordam yuki My Freighter aviakompaniyasining Boeing-747 yuk samolyotida Hirot shahriga yetkazib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring