Oʻzbekiston 7 million dollarlik bodom eksport qildi
Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida 7,3 million AQSH dollari qiymatidagi 1195 tonnadan ortiq bodom eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bodomning 52 foizi Qirgʻizistonga, 11 foizi Germaniyaga va 9 foizi Turkiyaga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda bodomning eksporti Niderlandiyaga 5,4 barobarga, Ispaniyaga 5 barobarga, Hindistonga 2,5 barobarga va Armanistonga 2 barobarga ortgan.
Bundan tashqari, joriy yildan ilk bora yurtimizdan Xitoyga, Shveysariyaga, Vengriya va Fransiyaga bodom eksporti yoʻlga qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring