Oʻzbekiston 24 ta xorijiy davlatdan choy import qilgan
Joriy yilning 1-noyabr holatiga Oʻzbekiston 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 35 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 26,1 ming tonna choy import qilgan. Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda import ulushi qariyb 3 mln. AQSH dollariga kamaygan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan oʻn oy mobaynida Oʻzbekiston choy mahsulotini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 20,2 ming tonna
Keniya – 2,4 ming tonna
Vyetnam – 1,2 ming tonna
Eron – 697,8 tonna
Hindiston – 379,6 tonna
Indoneziya – 356,0 tonna
Shri-Lanka – 324,5 tonna
Maʼlumot oʻrnida, 2019-yilda Oʻzbekistonda 23,5 ming tonna choy ishlab chiqarilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring