Oʻzbekiston 2030-yilda korrupsiyani tiyib turish indeksida 71,6 ballni qayd etishi kutilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash maqsadida Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan eʼlon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksi, Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining Korrupsiyani tiyib turish indeksi va Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksidagi Korrupsiyaning mavjud emasligi koʻrsatkichi boʻyicha masʼul etib belgilangan.
Bu borada olib borilayotgan ishlar xususida Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi Latif Jalov atroflicha maʼlumot berdi.
“Bosh prokuratura Akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan Korrupsiyani qabul qilish va Korrupsiyani tiyib turish indeksldari boʻyicha ilmiy tadqiqot instituti sifatida biriktirilgan.
2019-yilning sentyabr oyida eʼlon qilingan 2018-yil boʻyicha Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining – Korrupsiyani tiyib turish indeksida Oʻzbekiston 209 ta davlat orasida 28,6 ball bilan 183 - oʻrinni egallab, 1 pogʻonaga koʻtarilgan.
Shuningdek, 2020 yilning yanvar oyida eʼlon qilingan Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 2019-yil boʻyicha Korrupsiyani qabul qilish indeksida Oʻzbekiston 180 ta davlat orasida 25 ball bilan 153 - oʻrinni egallab, 5 pogʻonaga koʻtarilgan. 2018-yilda bu koʻrsatkich 23 ball bilan 158-oʻrinni tashkil etgan.
Oʻzbekiston bilan reytingda 153-oʻrinni Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Komor orollari va Tojikiston egallagan.
Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti hisobotida ushbu reyting boʻyicha soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlari oshib borayotganligi, ommaviy axborot vositalariga qoʻyilgan cheklovlar yengillashtirilganligi eʼtirof etilgan.
Bundan tashqari, 2020-yil mart oyida eʼlon qilingan 2020-yil boʻyicha Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksidagi – Korrupsiyaning mavjud emasligi indeksida Oʻzbekiston 128 ta davlat orasida 0,40 ball bilan 89 - oʻrinni egallab, 6 pogʻonaga koʻtarilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari qayd etildi.
Unga koʻra, Korrupsiyani qabul qilish indeksi boʻyicha Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini joriy yilda 27 balldan 2030 yilda 65 ballga, Korrupsiyani tiyib turish indeksi boʻyicha joriy yilda
31 balldan 2030 yilda 71,6 ballga va Korrupsiyaning mavjud emasligi indeksi boʻyicha joriy yilda 0,39 balldan 2030 yilda 0,60 ballga yetkazish belgilandi.Shu bois, Bosh prokuratura tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro reytinglardagi Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlar davom etmoqda.
Xususan,Sloveniya, Qozogʻiston, Latviya, Rossiya Transparency International tashkiloti vakillari, mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari ekspertlari ishtirokida “Korrupsiya qarshi kurashish borasida davlat organlari va nodavlat tashkilotlarining hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro veb-konferensiya oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida Transparency International tashkiloti vakillari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻzaro hamkorlikni davom yettirish masalalari muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda Shavkat Mirziyoyevning rahbarligida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi samarali kurashni tashkil etish, bu illatga batamom chek qoʻyish borasida keng koʻlamli islohotlarolibborilmoqda.
Dastlabki bosqichda asosiy eʼtibor qonunchilik bazasini xalqaro talablarga mos tarzda takomillashtirish, davlat boshqaruvini demokratlashtirish va shaffofligini taʼminlash masalalariga qaratildi.
Natijada, jamoatchilik va ommaviy axborot vosi-talarining faolligi tubdan oshib, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissi mustahkamlanib bormoqda”, deydi Jalov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring