Ozarbayjon Prezidenti Oʻzbekiston Senati Raisini qabul qildi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Senat Raisi T.K.Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasining tashrifi doirasida joriy yil 30-iyun kuni Boku shahrida Ozarbayjon Prezidenti I.G.Aliyev bilan uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Ozarbayjon hamkorligini, xususan, ikki mamlakat parlamentlari orqali rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Ozarbayjon Respublikasi rahbarining yaqinda Oʻzbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalda roʻyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring