“Oylikbot” o‘rniga “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushiriladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan telegram ijtimoiy tarmog‘ida ish haqi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi “Oylikbot” (chat boti) o‘chirilganligi va uning o‘rniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay — “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushirilishi ma’lum qilindi.
“Mazkur dastur ishga tushirilgandan so‘ng, xodimlar bevosita ish haqi va boshqa zarur ma’lumotlarni dasturdan yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Dasturning ishga tushirilishi haqida rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda qo‘shimcha axborot taqdim etiladi” deyiladi vazirlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring