Oʻtgan yilda Ilmiy sinov va sifat nazorati markazi tomonidan 1200 ta korxonada xalqaro sifat menejment tizimlari joriy etildi va sertifikatlashtirildi
Foto: Халқ сўзи
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov maʼlum qildi.
Oʻtgan davrda Markaz tomonidan respublikamizdagi mahalliy 2 mingga yaqin korxonalarga konsultativ xizmatlar koʻrsatildi.
Hududlardagi 171 ta tumandagi 1191 ta korxonaning 85 turdagi mahsulotlarini dunyoning 43 ta mamlakatlariga eksport qilinishida amaliy yordamlar koʻrsatildi.
1200 ta korxonada xalqaro sifat menejment tizimlari joriy etildi va sertifikatlashtirildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining GSP+ imtiyozlari doirasida taqdim etilgan 6200 turdagi mahsulotlar tarmoqlar kesimida shakllantirildi va tahlil qilindi. 2022-yil davomida 427 ta korxona tomonidan 472 ta mahsulot GSP+ doirasida eksport qilingan boʻlsa, joriy yilning oʻtgan davrida hududlardagi jami GSP+ doirasida 536 ta eksportyor korxona tomonidan 569 turdagi mahsulotlar Yevropa davlatlariga 281 mln dollar eksport qilinishiga erishildi.
Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi tomonidan laboratoriyalarni modernizatsiya qilish maqsadida jami 2 255 mln soʻmlik 276 ta sinov uskunalari, oʻlchash vositalari, kimyoviy reaktiv va standart namunalar xarid qilinib, 1 200 dan ortiq xalqaro uslublar oʻzlashtirildi.
5 ta yoʻnalishda sinov laboratoriyalar (oziq-ovqat, yengil sanoat, metall, texnik moylar va mashinasozlik ehtiyot qismlari) Belorussiya hamda 1 ta sertifikatlashtirish idorasi (sifat menejment tizimlari) Turkiya davlati akkreditatsiya idoralaridan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
Turli yoʻnalishlarda jami 47 nafar xodim malakasi oshirildi.
Jumladan, Belorussiya - 11 ta, Standartlar instituti hamda boshqa institutlarda 36 ta xodim malakasi oshirildi.
Shuningdek, “Oʼz DSt ISO 37001:2019 pora olish-berish bilan kurashish menejmenti tizimlari. Foydalanish boʻyicha talab va qoʻllanma» yoʻnalishi boʻyicha Markazning 410 nafar xodimlari oʻz malakalarini oshirdilar.
Jami 14 ta laboratoriyalar xalqaro standarti boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
2023-yilda amalga oshiriladigan ishlar:
I. Namangan viloyatida “Yuksalish” kichik sanoat zonasida 5 ta yoʻnalishda yangi laboratoriya qurish ishlari oʻz nihoyasiga yetkazilmoqda. 2023-yil 2-chorakda bu jarayon oʻz nihoyasiga yetkaziladi.
II. Koreya texnologiya va standartlashtirish agentligining 2,3 mln dollar granti asosida “Havo konditsioneri” mahsulotining energiya samaradorligini baholash boʻyicha laboratoriya tashkil etish boʻyicha hamkorlik oʻrnatilib, amaliy ishlar olib boriladi.
III. Toshkent shahrida metall mahsulotlarini sinash laboratoriyasining yangi binosi tashkil etildi. Bugungi kunda qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, laboratoriya uskunalarini koʻchirib oʻtkazish va qayta akkreditatsiyadan oʻtkazish choralari koʻrilmoqda.
IV. 4 ta yoʻnalishda 20 ta sinov laboratoriyalar dunyoning yetakchi provayderlari ishtirokida xalqaro malakani sinash (solishtiruv) sinovlarida ishtirok etadi.
V. Yevropa Ittifoqining umumiy imtiyozlar tizimi GSP+ doirasida eksport qilinadigan mahsulotlarni sonini 600 taga yetkazish uchun amalga oshirish choralari koʻriladi. Bunda: GSP+ doirasida xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 2 baravar oshirib, 1 200 tadan 2 400 taga yetkazish choralari koʻriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring