“Ota-onamni mart oyidan buyon koʻrganim yoʻq”. Britaniyalik hamshira “Covid-19”ga qarshi noanʼanaviy preparatni qabul qilgani haqida

18:48 23 Noyabr 2020 Dunyo
945 0

Illyustrativ foto

Britaniyalik intensiv terapiya boʻlimi hamshirasi Karen Saymson dunyoda birinchi boʻlib “Covid-19”dan himoya qilishga moʻljallangan va bir yilgacha himoya bilan taʼminlay oladigan “antitanachalar kokteyl”ini qabul qildi. 

Ushbu preparatning vaksinadan farq qiluvchi tomoni esa organizmida koronavirus mavjud yoki immunitet tizimi zaiflashishi tufayli emlash mumkin boʻlmagan bemorlarga yuborish mumkinligidadir.

“Antitanachalar kokteyl”i Oksford universitetida koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan oʻtkazgan “AstraZeneca” tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, antitanachalar yordamidagi himoyaning ushbu yangi koʻrinishi tibbiyot xodimlariga “qizil hudud”larda odamlarni qutqarish uchun yordam berishda qoʻllanilishi mumkin.

“Jonlantirish boʻlimidagi bemorlar bilan ishlash davomida koronavirusning odamlarga qanday taʼsir qilishini koʻrdim. Bemorlarga ham, ularning qarindoshlariga ham qiyin boʻldi. Ota-onamni mart oyidan buyon koʻrganim yoʻq. Doʻstlarimni sogʻinaman, xayolan qizlarimni bagʻrimga bosaman. Men va farzandlarim uchun odatiy hayot tarziga qaytish juda muhim”, — dedi Karen “Sky News”ga bergan intervyusida.

Hamshiraning qoʻshimcha qilishicha, toʻxtovsiz ishlayotgan u va uning hamkasblarida tashqariga chiqish, kulish, dam olish va hattoki hordiq chiqarish uchun ham imkoniyat yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер