Osiyoning eng boy kishisi oʻzgardi

22:30 08 Fevral 2022 Dunyo
1238 0

Foto: suratda Gautam Adani

Hindistonlik milliarder va tadbirkor Gautam Adani Osiyoning eng badavlat odamiga aylandi. Bu haqda India Times maʼlum qildi.

Bloomberg indeksiga koʻra, 59 yoshli tadbirkorning boyligi 88,5 milliard dollarga yetgan. Natijada Gautam vatandoshi Mukesh Ambanini ortda qoldirib, Osiyoning eng boy kishisiga aylandi.

Shuningdek, u Forbes reytingida ham 90,2 milliard dollar bilan 10-oʻrinni egalladi. Hindistonlik magnat oʻtgan yilda boyligini 12 milliard dollarga boyitgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер