Oʻrta yer dengizida 130 nafarga yaqin muhojir choʻkib ketgan
Liviya qirgʻoqlarida kauchuk qayiqning agʻdarilib ketishi oqibatida Afrikadan kelayotgan 130 nafarga yaqin muhojir halok boʻlgan. Bu haqda “SOS Mediterranee” nodavlat tashkiloti maʼlumotiga tayanib “TASS” xabar bermoqda.
“Bir necha soatlik qidiruvdan soʻng, bizning eng yomon hadigimiz haqiqatga aylandi. Voqea joyiga kelganimizda tirik qolgan odamni topmadik”, deyiladi tashkilot xabarida.
Qutqaruv operatsiyasi yomon ob-havo sharoiti bilan murakkab kechgan. Qidiruv zonasida toʻlqinlar olti metrgacha koʻtarilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring