Orol dengizi havzasining ekologik tiklanishida fotoelektr quyosh energiyasidan foydalaniladi

19:30 03 Aprel 2023 Iqtisodiyot
777 0

Foto: Халқ сўзи

Joriy yilning 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi taklifi bilan Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi Sinszyan ekologiya va geografiya institutining bir guruh olimlari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi.

Uchrashuv doirasida qiymati 500 ming AQSH dollari boʻlgan “Orol dengizi havzasining ekologik tiklanishida fotoelektr quyosh energiyasini foydalanish tajribasini qoʻllash va namoyish etish” innovatsion loyihasini hamkorlikda amalga oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi va Sinszyan ekologiya va geografiya instituti oʻrtasida kelishuv imzolash marosimi boʻlib oʻtdi va loyihaga start berildi.

Loyihani tegishli xorijiy va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda 2023-2025-yillarda amalga oshirish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер