“Oqtom”da yangi bog‘cha o‘z faoliyatini boshladi
Foto: Xalq so'zi
“Oqtom” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilib, o‘z faoliyatini boshladi. Bolajonlarga tuhfa yetilgan bino ikki qavatli bo‘lib, 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Bunyod etish ishlariga 3 milliard 733 million so‘mlik davlat mablag‘lari sarflangan.
-Bundan besh yil muqaddam tumanda 5 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, unda 410 nafar bolajonlar tarbiyalangan, - deydi Forish tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Sobir Vaqqosov. - Hozir ularning soni 83 taga yetib, 6300 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar qamrab olindi va ularning soni yildan-yilga oshib boradi.
Yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish zali, tibbiyot va gigena xonalari, musiqa va sport zallari, dam olish va yozgi ayvonchalar barpo etilgan. Endi bog‘chada belgilangan davlat talablari va dasturlari asosida, malakali mutaxassislar tomonidan bolajonlarga ta’lim-tarbiya beriladi.
Tolibjon ERGASHYeV,
“Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring