Oq uy Isroilga 735 million dollarlik yuqori aniqlikdagi qurollarning sotilishini maʼqulladi — OAV

16:37 18 May 2021 Dunyo
1118 0

AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Yaqin Sharqdagi mojaroning avj olishidan soʻng qiymati 735 million dollar boʻlgan AQSHning yuqori aniqlikdagi qurollarini Isroilga sotilishini maʼqullagan. Bu haqda “The Washington Post” oʻz manbalariga tayanib yozmoqda.

AQSH rahbari maʼmuriyati zudlik bilan tomonlarni (Isroil— Falastin) oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirgan va shuningdek, Isroil Falastinning “XAMAS” harakatidan oʻzini himoya qilishga haqli ekanligini taʼkidlagan.

Aniqlik kiritilishicha, AQSH Kongressi kelishuv toʻgʻrisida 5-may kuni — “XAMAS” Isroil hududiga zarba berishni boshlashdan oldin rasmiy ravishda xabardor qilingan.

Avvalroq, Isroilning dengiz va havo kuchlari Gʻazo sektorida, anklav qirgʻogʻida radikal islomiy harakat “XAMAS”ning suv osti kemasiga hujum qilgani maʼlum boʻlgan edi.

11-may oqshomida Falastin anklavi chegaralarida soʻnggi yillardagi eng katta eskalatsiya boshlandi. Gʻazo sektoridagi Isroil armiyasi va Falastin guruhlari Sharqiy Quddusdagi Al-Aqsa masjididagi tartibsizliklar ortidan Isroil sudining Shayx Jarrah mahallasidagi uylarni arab oilalaridan tortib olish toʻgʻrisidagi qarori ortidan raketa hujumlarini davom ettirmoqda.

Falastin rasmiylarining maʼlumotlariga koʻra, qurbonlar soni 100 dan oshgan. Isroilda 11 kishi, jumladan bitta askar halok boʻlganligi xabar qilingan. Isroilda jabrlanganlar soni 500 dan oshgan deb taxmin qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер