Oltiariqda «Damas» yonib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariqda yonib ketgan «Damas» yuzasidan video lavha tarqaldi. Voqea yuzasidan Oltiariq tumani IIB YHXB bilan bogʻlandik . Maʼlumotga koʻra, joriy yilning 9-fevral kuni soat 10:45 larda, Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani, «Boʻrvonliq» MFY hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida, «Fargʻona-Qoʻqon» yoʻnalishida, yoʻl chetida toʻxtab turgan, 1967-yilda tugʻilgan A.Gʻ.ga tegishli boʻlgan «Damas» rusumli avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Avtomobil yongʻindan toʻliq zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Oltiariq tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring