“Olovlar, chamanlar ichra oʻzim bor”

19:00 27 Oktyabr 2023 Jamiyat
248 0

Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi

Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanidagi Xalqobod madaniyat markazida oʻzbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan “Olovlar, chamanlar ichra oʻzim bor” nomli adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda shoir va yozuvchilar, shoirning oila aʼzolari, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Badiiy kechada soʻzga chiqqanlar Rauf Parfi ijodi, jasoratli sheʼriyati, shoir sheʼrlaridagi oʻtli ruh — erk, Vatan, muhabbat tuygʻulari taʼsirchan tarzda ifodalangani, ijodkor tarjimon sifatida ham oʻziga xos maktab yaratgani, bu adabiyot bugun ham muxlislar qalbida yashayotgani haqida soʻz yuritdi.

— Ustoz Rauf Parfi butun umri mobaynida turkiy birlik haqida orzu qildi, oʻyladi, yozdi, — deydi shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh. — Bugun oʻsha ulugʻ maqsad amalga oshmoqda, qardosh davlatlar ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy hamkorliklar asosida birlashishmoqda. Agar Rauf Parfi bu kunlarning shohidi boʻlganida naqadar xursand boʻlardi. Bugun ustozning 80 yilligi koʻtarinki ruhda oʻtdi. Muhtasham adabiyot bogʻi soʻlmas ekan, Rauf Parfi ham qalblarimizda barhayot yashayveradi.

Tadbirda shoir sheʼrlari oʻqildi, sanʼatkorlar tomonidan Rauf Parfi ijod namunalari asosida yaratilgan qoʻshiqlar ijro etildi.

Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер